Events

Harbiy vatanparvarlik oyligi davom etmoqda 

Kuni kecha shahrimizdagi 16-IDUMda "Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu maktabda tahsil olgan, Vatan uchun jonini fido qilgan Ulug'bek Barnoyev xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda kattaqo’rg’onlik qahramon Ulug'bek Barnoyevning ota-onasi shahar harbiy qism komandiri F.Umarov, komandir o'rinbosari Sh.Nizamiddinov, harbiylar, maktab jamoasi, o'quvchilar ishtirok etishdi. 

Image_tadbir: 

Yapon tili fanidan  ochiq dars 

Bugun 11-IDUMning 7-"E" sinf o'quvchilari bilan yapon tili fanidan  "Hiragana va Katakana" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi. 
Darsda o'quvchilar tomonidan yapon madaniyati to’laqonli ochib berildi. Ochiq dars mehmon sifatida  ishtirok etgan ota-onalarda katta taasurot qoldirdi.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki 60 nafar 7- sinf o‘quvchilari Prezident qarori bilan 2- til sifatida yapon tilini o‘rganmoqda.

Image_tadbir: 

Jarayon

Yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlar tomonidan qilingan murojaatlar joyida hal etildi. Jumladan, yoshlarning murojaatlaridan kelib chiqib, kontrakt pullarini to‘lash bo‘yicha sertifikatlar, asbob uskunalar berildi. 

Shuningdek, o‘zining samarali faoliyati bilan namuna bo‘lgan yoshlar yetakchilari ham taqdirlandi.

Image_tadbir: 

Ayni damda

Ingichka shaharchasidagi Madaniayt markazida Bosh qomusimiz Konstitusiyaning 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda shahar hokimligi, jamoatchilik vakillari qatnashmoqda. Tadbirda ishtirok etgan  shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov shahar hokimining tabrigini o‘qib eshittirdi.  

Image_tadbir: 
2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM