Oʻquvchi va ota-onalar taqdirlandi
31.10.2023 - 17:2811-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabida ota-onalar qoʻmitasi raislari hamda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda 4-sinf oʻquvchilariga oʻtkazilgan "Kichik fan olimpiada"sida gʻolib boʻlgan oʻquvchi va ota-onalar taqdirlandi.
1-oʻrin olgan oʻquvchilarga 480 ming soʻmlik, 2-oʻrin olgan oʻquvchilarga 320 ming soʻmlik va 3-oʻrin olgan oʻquvchilarga 160 ming soʻmlik matematika va ingliz tili fanilardan qoʻshimcha repititorlik kurslariga vaucherlar berildi.
Shuningdek, oktabr oyida maktabning ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarida faol ishtirok etgan boshlangʻich sinf rahbarlari taqdirlandi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.