Янгиликлар

Qabristonlarda hashar

Kattaqo‘rg‘on shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamdagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun ushbu ishlar doirasida  shahrimizdagi qabristonlarda ham hashar o‘tkazildi.
Jumladan, Damshtmozor, Sarmozor va boshqa qabristonlarda olib borilgan tozalash ishlarida mahalla faollari, fuqarolar faol ishtirok etdilar.

Viloyat prokurori Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘ldi

Samarqand viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on  hamda Nurobod tumani mas’ullari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda aholi va tashkilotlardagi  muddati o‘tgan qarzdorliklar va ularni undirish masalsi muhokama qilindi. Ushbu masala bo‘yicha hududlardagi mavjud holat va uni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli aniq vazifalar berildi.

Qurilish kompleksi  sohaviy rahbarlari qabuli o‘tkazildi

Bugun shahar Xalq qabulxonasida qabulxona mudiri H.Shodieva va shahar hokimining o‘rinbosari J.Ahmedovlar ishtirokida qurilish kompleksi tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda qurilish kompleksining  gaz, elektr, suv ta’minoti, ekologiya, shahar obodonlashtirish boshqarmasi, Kadastrlar palatasi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM