Янгиликлар

ФАОЛ ТАДБИРКОР ТАЖРИБАСИНИ ЎРТОҚЛАШДИ

Бугун шаҳар Солиқ идорасида "Шуҳрат" медали соҳиби, фаол тадбиркор, “KATTAQO‘RG‘ON ELEKTROTEXNIKA ZAVODI” МЧЖ таъсисчиси Анвар Норбоев билан шаҳримизда фаолият юритаётган тадбиркорларнинг учрашуви бўлиб ўтди.

Munosabat 

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar Qoradaryo koʻchasida oqava tarmogʻi quduqlari ochiq turganligi boʻyicha videomurojaat tarqalgan.
 Mazkur holat yuzasidan shahar Suv taʼminot korxonasi tomonidan zarur tozalash va taʼmirlash ishlari amalga oshirilganligi va ikkala quduqning qopqogʻi yangilanib, muammo bartaraf etilganligi, shuningdek, Oʻzbekiston koʻchasidagi ichimlik suvi quvuridagi nosozlik ham taʼmirlanib, muammo bartaraf etilganligi maʼlum qilinmoqda.

Tabrik

3-6 sentabr kunlari Italiya davlatining Pezaro shahrida "Sun of Italiy" xalqaro festival-tanlovi boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi unda ishtirok etgan Kattaqoʻrgʻon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi  "Tasviriy sanʼat" toʻgaragi a'zosi, 6-umumta'lim maktabi o'quvchisi Xasanov Kamronbek faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Maktab jamoasini hamda Kamronbekni ushbu yutuq bilan qutlaymiz.

Прокурор ишни хайрли тадбирдан бошлади

Юртимизда олиб борилаётган халқчил ва инсон қадр-қимматини улуғлашга асосланган ислоҳотлар боис кўплаб инсонлар айниқса, ижтимоий ҳимояга муҳтож фуқароларга ёрдам кўрсатилмоқда.

TAYINLOV

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2023 yil 30 avgustdagi 1532-sonli buyrugʻiga koʻra adliya maslahatchisi Nuriddinov Ismoil Oʻlmas oʻgʻli Kattaqoʻrgʻon shahar prokurori lavozimiga tayinlandi.

2015-2023 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM