Янгиликлар

Jahon chempionati

Armanistonda boks bo‘yicha yoshlar, qizlar, o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida Jahon chempionati qizg'in davom etmoqda. Chempionatda ishtirok etayotgan shahar sport maktabining o'quvchisi Sevara Mamatova 57 kg vazn toifasida Rоssiya davlat vakilasini birinchi raunddayoq yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi va  final yo'lanmasini qo'lga kiritdi. 

1 - DEKABR – OITSGA  QARSHI  KURASH  KUNI

Bugun, 1 - dekabr – OITSga  qarshi  kurash  kun munosabati bilan ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalarida turli tadbirlar o’tkazilmoqda.
SamDU Kattaqo’rg’on filiali talabalari va pedagogik jamoasi tadbirni "Biz OITSga qarshimiz" shiori ostida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari bilan boshladi. Zero, sport bilan shug’ullanish, sog’lom turmush tarziga rioya qilish ushbu illatga qarshi kurashishda muhim vosita hisoblanadi.

Mini futbol bo‘yicha “Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Shahrimizdagi sektorlar o‘rtasida Mini-futbol bo‘yicha “Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Aholi o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish shuningdek, Mini-futbolni yanada rivojlantirish, tashkilotlar xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, mahoratini oshirish hamda professional mini-futbolchilarni tayyorlash va ishonchli sport zaxirasini shakllantirishga qaratilgan ushbu musobaqa qizg‘in tarzda o‘tkazildi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM