Янгиликлар

Xayriya aksiyasi  

Shahar Drama teatrda 3 dekabr- Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Aksiyani shahar hokimi Gavhar Alimova boshlab berdi. Ushbu xayrli tadbirda shuningdek, ta'lim, sog‘liqni saqlash, turli tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.  Aksiya bugun kech soat 17:00 ga qadar davom etadi. Xayrli tadbirdan siz ham  chetda qolmang, aziz hamshaharlar. 

Tayinlov

Alimov Abduraxmon Tuyg‘unovich - Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra 2023 yil 1 dekabrdan Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Doim e’tibordasiz!

Xalqimizda imkoniyati cheklangan va davlat g‘amxurligiga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatish azaliy qadriyat hisoblanadi. Ayniqsa, turli bayramlar va tadbirlarda bu kabi qadriyatlarimiz o‘zini yanada yuksak namoyon qiladi.

Yoshlar  yetakchilarining hisobotlari eshitildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 19-yanvardagi qaroriga muvofiq joriy yil dekabr oyida yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullarning hisobotini eshitish belgilangan.
Shu munosabat bilan Kattaqo'rg'on shahridagi mahalla yoshlar yetakchilaridan 2023-yilning yanvar-noyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ishlar  muhokama qilindi

Bugun viloyat hokimi rahbarligida Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan ishlar va 2024 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan shahar hokimi Gavhar Alimova shahar Maktabgacha va maktab ta’limi mas’ullari bilan bu borada amalga oshirilgan ishlarni muhokama qildi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM