Xayriya aksiyasi
02.12.2023 - 10:45Shahar Drama teatrda 3 dekabr- Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Aksiyani shahar hokimi Gavhar Alimova boshlab berdi. Ushbu xayrli tadbirda shuningdek, ta'lim, sog‘liqni saqlash, turli tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Aksiya bugun kech soat 17:00 ga qadar davom etadi. Xayrli tadbirdan siz ham chetda qolmang, aziz hamshaharlar.