Янгиликлар

E’tirof

Bugun Samarqand viloyat hokimi bilan o‘tkazilgan "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqotida shahrimizdagi Amir Temur mahallasi yoshlar yetakchisi  “Yilning namunali yetakchisi” tanlovining Respublika bosqichida 3 o‘rin sohibi bo‘lgan Doston Shukrullayev ham ishtirok etdi hamda viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Yurish marafoni o‘tkazildi

Shu kunlarda yurtimiz singari Kattaqo‘rg‘on shahrida ham Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil qilingan “Vatanparvarlik oyligi” uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Xususan, bugun mazkur oylik munosabati bilan belgilangan tadbirlar doirasida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi, yoshlar ishlari agentligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasi va boshqa tashkilotlar vakillari yoshlar, harbiylar, xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Aloqa va axborotlashtirish bo'yicha sayyor qabul o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy sho‘basi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy shubasi tomonidan bugun SamDU Kattaqo’rg’on filiali binosida fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul o‘tkazildi.

TABRIK

Respublikamizdagi 10 000 nafardan ortiq mahalla yoshlar yetakchilari o’rtasida 19-21-dekabr kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” ko’rik-tanlovida shahrimiz sha’nini himoya qilib kuchlilar safidan joy olgan Amir Temur nomli mahalla yoshlar yetakchisi Shukrullayev Dostonjon tanlovning Respublika bosqichida faxrli 3-o’rinni egalladi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM