Янгиликлар
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida qabul oʻtkazildi
13.12.2023 - 18:55Bugun Kattaqoʻrgʻon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolar uchun sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida nogironlik guruhlarini uzaytirish, reabilitatsiya hamda protez-ortopedik vositalarni olish mazmunidagi murojaatlar joyida oʻz yechimini topdi.
QAROR TADBIRKORLAR UCHUN QANDAY IMKONIYATLAR BERADI?
13.12.2023 - 14:55Joriy yilning 18 avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ 366 sonli qarori qabul qilindi.
Kattaqo‘rg‘onlik yosh matematik “Bilim uchun 100 million” olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi
13.12.2023 - 10:10Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkaziladigan “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining bu yilgi mavsumi onlayn bosqichida qariyb 120 ming o‘zbekistonlik ishtirok etdi.
Kecha onlayn bosqichda eng yuqori o‘rinni qayd etgan TOP-100 ishtirokchi o‘rtasida olimpiadaning ikkinchi bosqichi — final o‘tkazildi.