Янгиликлар

Ғолиблар аниқланди 

 22-24 декабрь кунлари Тошкент шаҳрида спортнинг гимнастика тури бўйича Президент кубоги  учун Республика мусобақаси бўлиб ўтди. Унда иштирок этган шаҳримиздаги 2-сон Болалар мусиқа ва санъат мактаби ўқувчилари фахрли 2-ўринни эгаллаб диплом ва қимматбаҳо совғалар билан тақдирландилар. 

Ma'rifat-jaholatni qoralaydi

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limiga qarashli 13-maktabda  “Ma'rifat-Jaholatni qoralaydi” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 
Mazkur tadbirda Respublika Maʼnaviyat  va marifat  markazi shahar boʻlinmasi rahbari Q.Boykalonov, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Kattaqoʻrgʻon shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov hamda maktabning o'quvchi yoshlari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida  ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Sayyor qabul o‘tkazildi 

Bugun Samarqand viloyat prokuraturasining navbatdagi sayyor qabuli Kattaqo'rg'on shahar Alisher Navoiy nomli mahallada o‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda viloyat prokurori o’rinbosari S.Fayziev, shahar prokurori I.Nuriddinov va mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM