Янгиликлар

Munosabat  

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar istirohat bogʻida chiqindilar tashlanganligi boʻyicha tarqalgan videomurojaat yuzasidan shahar Ekologiya boʻlimi boshligʻi A.Alimovning maʼlumot berishicha, shahar istirohat bogʻi yonidagi tadbirkorlar chiqindilarni chiqarib ketishda xizmat koʻrsatuvchi korxona bilan shartnoma qilishi lozimligi boʻyicha shahar Ekologiya boʻlimi tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan.

“Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga yo‘l qo‘ymaymiz”

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Kattaqoʻrgʻon shahar bo'limi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi tomonidan bugun Abu Ali Ibn Sino nomidagi Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot texnikumida “Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga yo‘l qo‘ymaymiz” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

TEATR GASTROLDA

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining Qirg‘iziston Respublikasidagi gastrol safari davomida, Qirg‘iz milliy akademik drama teatri va Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri o‘rtasida hamkorlik va do‘stlik Memorandumi imzolandi.

Fuqarolar murojaatlari o’rganildi

Bugun shahar Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini hal etish maqsadida shahar hokimining birinchi o’rinbosari Muhammadali Toshpo’latov ishtirokida navbatdagi qabul o’tkazildi. Boʻlib oʻtgan qabul davomida 30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar.
Murojaatlar tahlil qilinganda sog’ligini tiklash, kredit qarzdorligi, ishga joylashish, uy-joy taʼmiri, oilaviy va boshqa masalalardan iborat boʻldi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM