Янгиликлар
TALABALAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI
13.05.2023 - 15:09Giyohvandlik - xavfli illat. Ayniqsa yoshlarning, xotin-qizlarning ushbu illat ta’siriga tushib qolishi juda achinarli. U millatning kelajagiga ta’sir qiladi. Talaba yoshlarni asr vabosiga aylangan ushbu illatdan saqlash, ularni giyohvandlikka qarshi kurashishga undash maqsadida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida ma’naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi.
JINOYATLARNI OLDINI OLISHDA PROFILAKTIK TADBIRLAR MUHIM
13.05.2023 - 11:45Xalqimizda bir maqol bor: «Kasallikni davolagandan ko‘ra, ancha oldin chorasi ko‘rilib, oldini olgan afzal». Profilaktika asosida huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkin bo‘lgan hudud va shaxslar oldindan aniqlanib, u yerda tashviqot ishlarining olib borilishi jinoyatlarni oldini olishda muhim samara berishi shubhasiz.
12 май-Халқаро ҳамширалар куни
12.05.2023 - 18:10Ҳар йили 12 май - Халқаро ҳамширалар куни сифатида бутун дунёда, шу жумладан, юртимизда ҳам кенг нишонланади.
Бугун шаҳар тиббиёт бирлашмасида бўлган шаҳар ҳокими Гавҳар Алимова шу муносабат йиғилган ҳамшираларни муборакбод этар экан, инсон саломатлигини таъминлаш, аҳоли ўртасида соғлом турмуш тарзини шакллантиришда соҳанинг фидойи ходимлари сифатида ҳамшираларнинг ҳам хизматлари беқиёс эканлигини алоҳида таъкидлади.
XALQARO KO'RGAZMADA SAMDU FILIALI DELEGATSIYASI
12.05.2023 - 17:37Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi "SOF EXPO SAMARKAND" ko‘rgazmalar majmuasida "WORLD EDU 2023" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o'tmoqda.