Янгиликлар

OTALAR YIG'ILISHI

Bugun shahrimizdagi 11-IDUMda "Otalar yig'ilishi" o'tkazildi. Unga faqat o'g'il bolalarning otalari taklif etildi. Shahar IIB bilan hamkorlikda tashkil etilgan yig'ilish davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq  qoidalarini  tasdiqlash to'g'risida" gi 282-sonli buyrug'i  yuzasidan tushuncha berildi. 

Аholi bandligini taʼminlashda hokim yordamchilarining hissasi qanday boʻlmoqda?

Joriy yilda hokim yordamchilari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar uchun 47,2 mlrd. soʻm limit ajratilgan boʻlib, oʻtgan 8 oy mobaynida 1 078 nafar fuqarolarga 19,8 mlrd. soʻm (42 foiz) imtiyozli kreditlar ajratilib, 2 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlandi. 

Каттақўрғон шаҳри бўйича “Ташаббусли бюджет” жараёнининг  2-мавсуми натижалари.

“Ташаббусли бюджет” жараёнининг 2-мавсумида 2023 йил учун шаҳар бюджет параметрида кўзда тутилган 5 фоиз маблағлар доирасида яъни 7124.0 млн сўм режалаштирилган. Шундан режалаштирилган маблағнинг 50 фоизи миқдорида яъни 3562.0 минг сўм,  2 чорак даромадлар режасининг ошириб бажарилган қисми ҳисобидан 30 фоиз миқдорида яъни 419.9 млн сўм, жами бўлиб 3981.9 млн сўм маблағлар жамғармага йўналтирилган. 1-мавсум якунлангандан сўнг жамғармада 749.8 млн сўм қолдиқ мавжуд бўлган.

2015-2023 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM