"Yong'in xavfsizligi oyligi"

Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar Yong‘in xavfsizligi oyligi “Dolzarb 30 kun” boshlanganligi munosabati bilan Kattaqo'rg'on garnizoni harbiy qismda shahar FVB bilan hamkorlikda ko'rgazmali mashg'ulot o‘tkazildi.  

Mashg'ulotlar davomida mutaxassislar tomonidan kuz-qish mavsumida isitish vositalaridan to'g'ri foydalanish, elektr vositalarini behuda elektr tarmog'iga ulamaslik to'g'risida hamda yong'in chiqqanda o't o'chirish vositasidan to'g'ri foydalanish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. 

Ushbu mashg'ulotda shaxsiy tarkibga avtotransportlarda hamda binolarda yong'in chiqqanda uni FVB xodimlari bilan hamkorlikda o'chirish choralarini ko'rish bo'yicha ko'rgazmali mashg'ulot namoyish etildi.

2015-2023 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM