
Aliment qarzini toʻlamasdan qochib yurgan otalardan farqli oʻlaroq, farzandining taʼminotini muhim biladigan otalar ham bisyor.
Majburiy ijro byurosi Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi Fuqarolik ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon tumanlararo sudining 17.12.2013 yildagi qaroriga asosan qarzdor T.F.dan undiruvchi B.D.foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun jami 61mln 150 ming soʻm aliment pullar toʻlab berildi.
Olib borilgan profilaktik suhbatdan keyin ushbu qarzdor ota aliment qarzdorligini soʻndirib, oʻz farzandlarining taʼminoti uchun 2024 yil uchun ham oldindan 11 mln. soʻm aliment pullarini toʻlab berdi.
Alisher Ulugʻmuradov,
Byuroning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi
davlat ijrochisi 2-darajali yurist
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.