MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda Amir Temur koʻchasi Mirzo Ulugʻbek xiyoboni boshlanish qismidan oʻtgan markaziy ichimlik suvi tarmogʻidagi avariya holati yuzasidan videomurojaat tarqalgan.
Mazkur murojaat yuzasidan “Samarqand suv taʼminoti” MCHJ Kattaqoʻrgʻon shahar filiali rahbari A.Mamedovning maʼlum qilishicha, bugun filial xodimlari va texnikasi yordamida suv quvuridagi nosozlik bartaraf etilgan. 
Lekin ushbu hududdagi “Sugʻurta shahobchasi” yer osti markaziy ichimlik suv tarmogʻi ustiga mavjud meʼyorlarga, yaʼni, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 dekabrdagi 981-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv obyektlarini muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida"gi qarori talablariga amal qilinmasdan qurilganligi sababli markaziy suv quvurini toʻliq taʼmirlash ishlarini tashkil etishga xalaqit bermoqda. Hozirda mazkur holatga qonuniy yechim qilish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilayotganligi maʼlum qilinmoqda.   

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2023 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM