
O'smir yoshlarni tungi vaqtda nazoratsiz yurishlari oqibatida turli noxush holatlarni oldini olish maqsadida shahar hokimligi, prokuratura, ichki ishlar, yoshlar ishlari bo‘limlari hamkorligida “Tungi reyd” profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
Huquq tartibot organlari vakillari va mutasaddilar shahrimizdagi kompyuter o‘yingoh va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda o'tkazilgan
tadbir davomida nazoratsiz tungi ko’ngilochar maskanda yurganligi aniqlangan 2 nafar voyaga yetmagan shaxslar bilan profilaktik suhbat o’kazilib, ularning ota-onasi hamda maskan mas'uliga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, farzand tarbiyasiga e’tibor bermagan ota-ona yoki o’rnini bosuvchi shahxsga nisbatan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasi bilan hamda voyaga yetmagan shahslarni tungi vaqtda ko’ngilochar maskanda bo’lishiga yo’l qo’ygan maskan mas’uli MJtK 188-moddasi bilan jarimaga tortiladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.