SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi yetmish yettinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va tegishli tashkilotlar rahbarlari qatnashdilar.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan birinchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillar mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq shaharda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Navbatdagi masala, ya’ni Mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni amalda to‘langanligi hamda ular bo‘yicha soliq qazdorligi to‘g‘risida shahar Soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.G‘aniev hisobot berdi.

Shundan so‘ng deputatlar Kattaqo‘rg‘on shahrida 2023-yil may oyi yakuni bilan xizmatlar sohasini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Toshpulatovning, shaharda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha shahar inspeksiyasi boshlig‘i A.Alimovning hamda shahardagi ichki yo‘llarni 2023-2025 yillarda betonlashtirish bilan ta’mirlash bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxatni shakllantirish to‘g‘risidagi J.Axmedovning hisobotlarini tingladilar.

Sessiyada shahardagi “Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” va “Yoshlar bandlik dasturi”ni tasdiqlash, shahardagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘g‘risida, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob varag‘idan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun mablag‘ ajratish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish hamda Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2023 yil 28 apreldagi “Kattaqo‘rg‘on shahar aholisi va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2023 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-76-52-7-106-K/23-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM