Zakovat kitob

Kattaqoʻrgʻon shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida Samarqand viloyati "Zakovat" klubi qatnashchilari boʻlmish Kattaqoʻrgʻon shahar va tuman maktab oʻquvchilari oʻrtasida "Zakovat" kitobi taqdimoti oʻtkazildi. 

Taqdimotda "Zakovat" klubi Samarqand viloyati koordinatori O.Nizomov, Kattaqoʻrgʻon shahar Ixtisoslashtirilgan maktab "Zakovat" klubi koordinatori S.Xoʻjayevlar qatnashdi. Oʻquvchilar uchun chiqarilgan "Zakovat" kitobida soʻnggi yillarda oʻyinlarda qoʻyilgan savollar maktab oʻquv dasturi asosida tuzilganligi e'tirof etildi. Tadbir soʻngida klubning har bir aʼzosi "Zakovat" kitobi bilan taqdirlandi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                                                             

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM