15 may – O‘zbekiston jamiyatining ustuni va g‘ururi bo‘lmish “Oila” kunidir!

Bugun, 15 may jahon miqyosida Xalqaro oila kuni (International Day of Families)

Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yil 20 sentyabrdagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyusiyaga muvofiq 1994 yil 15 maydan buyon muntazam nishonlanib kelinadi.

Prezidentning 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (https://www.lex.uz/docs/3797625) muvofiq, 15 may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo‘ylab keng nishonlanishi belgilangan.

Xalqaro oila kunini o‘tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog‘liq muammolarga qaratishdir.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM