Respublika ishchi guruhi Kattaqo’rg’on shahrida

Bosh prokuror o‘rinbosari, respublika qurilish shtabi rahbari Salom Samadov shahrimizda bo‘lib, davlat investitsiya dasturi asosida barpo etilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida ish jarayonlari bilan tanishdi. Viloyat hamda shahar mas’ullari ishtirok etgan muhokamada Amir Temur mahallasidagi SamDu Kattaqo’rg’on filianining 1000 o’rinli o’quv binosi va 500 o’rinli yotoqxonasini qurulishi borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi, loyihalar tahlil qilindi.

Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanish, loyihalarda soha xodimlari uchun qulayliklar yaratishni hisobga olish zarurligi ta’kidlandi. Bildirilgan takliflar inobatga olinib, jarayonlarni jadallashtirish choralari ko‘rilishi belgilandi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM