O‘quvchilarning qo‘l-mehnati namunalari ko‘rgazmasi tashkil qilindi

Shahrimizdagi 2 umumta’lim maktabida o‘quvchi – yoshlarning qo‘l-mehnati namunalari ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
15 may- Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda maktabning barcha sinflaridagi o‘quvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirda qatnashgan shahar hokimi Gavhar Alimova maktab direktori Zamira Isanova hamrohligida ko‘rgazma bilan tanishish asnosida har bir o‘quvchi bilimli bo‘lishi bilan birga biror hunarni ham egallashi lozimligini, qolaversa kelgusida qizlar va yigitlar o‘zlarining hunarlari orqasidan oila byudjetiga hissa qo‘shishlari mumkinligini ta’kidladi.
Mutaxassislar tomonidan eng yaxshi qo‘l mehnati namunalari aniqlandi va g‘olib o‘quvchilar taqdirlandilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati .

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM