MAKTABDA HOKIM SOATI

Bugun shahar hokimi, senator Gavhar Alimova ishtirokida 11-IDUMda hokim soati tashkil etildi. Darsga o‘quvchilarning ota-onalari ham taklif etildilar.

Maktabning 6-“B” sinfidagi 6-sinf ona tili darsligining "O‘z deputatingizni bilasizmi?" bobidagi "Muqobillar ichida maqbulini tanlash" mavzusidagi  hokim soatida o‘quvchilar o‘zlarining siyosiy bilimlarini yuksak namoyish etdilar.

Prezident kim, deputat kim,  referendum nima kabi davlat boshqaruvi sohasida berilgan savollarga ayniqsa, o‘quvchilar topqirlik bilan javob berdilar.

Shahar hokimi dars davomida o‘quvchilarning siyosiy bilimlarini yuqori darajada bo‘lishi ularni kelgusida yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlarning mazmun-mohiyatini teran anglashlarida muhim ahamiyat kasb etishi haqida gapirar ekan yigitlar kelgusida yuksak bilim va salohiyatga ega bo‘lishlari bilan birga mard va jasur, vatanparvar, qizlar ma’naviyatli, iboli va hayoli, haqiqiy o‘zbek qiziga xos bo‘lgan hislatlarga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, shahar hokimi yosh avlodni komil insonlar, vatanparvar bilimli va zukko bo‘lib voyaga yetishlarida ota-onalarning alohida o‘rni borligi haqida so‘z yuritar ekan, har bir ota-ona farzandining buguni va kelajagiga befarq bo‘lmasligi lozim,- dedi.

Dars qiziqarli va savol-javoblarga boy bo‘ldi. O‘quvchilar tomonidan hokimlikkacha bo‘lgan yo‘l, senatorlikning mas’uliyati, xotin-qizlar uchun imkoniyatlar mavzularida  berilgan savollarga shahar hokimi batafsil javob berdi.

O‘quvchi- yoshlar ushbu darsdan katta taassurot olganliklarini bildirdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM