Diqqat! Kattaqo‘rg‘on shahrida Yoshlar sayli

10 aprel kuni  Kattaqo‘rg‘on shahrida "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostida yoshlar festivali o‘tkaziladi. Tadbirlar 15:00 dan shahar istirohat bog‘ida boshlanadi. 

Festival doirasida yoshlar ishtirokida “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” insholar tanlovi , “Konstitutsiya bilimdoni” viktorinasi, “Siz kutgan mehmon” loyihasi, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Shaxmat seansi” loyihasi, “Kamondan o‘q otish” musobaqasi, “Robototexnika” ko‘rgazmasi, “Fotozona” va “Rasmlar tanlovi” ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, tadbirlar davomida galakonsert dasturlari ham tashkil etiladi va unda loyihada ishtirok etgan g‘oliblarni taqdirlash marosimlari va elimiz suygan san’atkorlar ishtirokida "Gala konsert" bo‘lib o‘tadi.
Barcha kattaqo‘rg‘onlik yoshlarni yoshlar festivaliga taklif qilamiz! 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axbort xizmati.

Image_elon: 
2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM