SIYОSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI

Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. O‘quv soati avvalida o‘tayotgan hafta davomida yurtimizda ro‘y bergan voqea va hodisalar sharhi havola etildi.

Shundan so‘ng, “Konstitutsiya yagona manbai va muallifi-xalqdir” mavzusidagi  ma’ruzani tingladilar. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar va ularning mazmun-mohiyati haqidagi mutasaddilarning fikrlari hamda xorijda ro‘y bergan voqealar haqidagi xabarlar ham o‘quv soatidan o‘rin oldi.

O‘quv soati davomida shahar hokimi Gavhar Alimova so‘zga chiqib, mamlakatimizdagi siyosiy jarayon Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar va ularning inson hayoti, sohalarni rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shuningdek o'quv soatida shahar hokimi maslahatchisi J.Shirov va Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari X.Sadullayev Respublikamiz Kostitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgarishlar bo'yicha tushunchalar berishdi.  

                                         

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM