O‘quvchilar palov musobaqasida 

Image_tadbir: 

Shahrimizdagi mahallalarda, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida Navro‘z umumxalq bayrami arafasida milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan turli tadbirlar, tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Bugun shu munosabat bilan 6 umumta’lim maktabida 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil qilingan  “Palov tayyorlash” musobaqasi ham qiziqarli tarzda o‘tkazildi.

O‘quvchilar maroq bilan palov tayyorlab o‘zlarining pazandalik mahoratlarini ko‘rsatdilar. Musobaqada g‘oliblik 10 sinf o‘quvchilariga nasib etdi.  
Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov ishtirok etdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM