Е’lon

Kattaqo’rg’on shahar SEOvaJS bo’limi, shuni ma’lum qiladiki viloyat SEOvaJSBning 2023 yil 22 fevraldagi 01-484-sonli ko’rsatma xati, 25 fevraldagi 76-U sonli buyruqlariga asosan shahar SEOvaJS bo’limida tashkil etilgan COVID-19 infeksiyasini laboratoriya usulida tekshirish uchun faoliyat ko’rsatayotgan virusologik laboratoriya faoliyati viloyatda koronavirus infeksiyasi bo’yicha epidemiologik vaziyat barqaror holga kelganligi, tahlillar soni keskin kamayganligi sababli maxsus ko’rsatmagacha 2023 yil 13 martdan to’xtatildi. 
Maxsus laboratoriya jihozlari va xonalarda yakuniy dezinfeksiya ishlari olib borilib, konservasiya qilindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

Image_elon: 
2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM