DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazida  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari Q.Boykalonov, Axborot kutubxona markazi direktori U.Negmatov hamda shahar IIB boshlig'ining ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari mayor Sh.Yarlakabovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan davra suhbati o’tkazildi. 
Davra suhbati davomida “Murojaatnomaning asosiy tamoyillari” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori mazmun -mohiyati bo’yicha tushunchalar berildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM