KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA XALQARO SERTIFIKAT SOHIBI BO‘LGAN INFORMATIKA FANI O‘QITUVCHILARI SONI  20 NAFAR (53%) GA YETDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoniga ko‘ra 1-sentabrdan bir necha fan o‘qituvchilari qatori informatika fani uchun ham milliy xalqaro va shunga tenglashtirilgan boshqa sertifikatlarni tan olish hamda ustama belgilash tizimi joriy etildi. Ushbu yangilik bilimli, mahoratli ustozlar uchun o‘z ustida ishlab va samarali mehnatiga mos moliyaviy imkoniyatlar eshigini ochdi.
Shahrimiz umumta’lim muassasalarida bugungi kunda 38  nafar informatika fani ustozlari faoliyat olib bormoqda. Quvonarlisi bugunga kelib ushbu pedagoglarimizning 20 nafari(53%) yuqoridagi farmon asosida “Google for Education” (level 1, level 2) o‘quv kurslari mashg‘ulotlarida faol qatnashib, o‘quv kursini yakunlagani haqidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

Kattaqo'rg'on shahar xalq ta'limi bo'limi axborot xizmati.           

2015-2023 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM