Fuqarolar murojaati oʻz yechimini topmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqoʻrgʻon shahridagi Xalq qabulxonasida bugun Xalq qabulxonasi mudiri Hamrotosh Shodiyeva va Majburiy ijro byurosi Kattaqoʻrgʻon shahar bo'limi boshligʻi Toʻlqin Jumanazarov tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida 15 nafar fuqarolardan  aliment va yetkazilgan zararni undirish, farzandi bilan uchrashtirish masalalariga oid murojaatlari qabul qilindi. Ushbu murojaatlar asosida 1 ta oila yarashtirildi,  4 ta murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, qolgan 10 ta murojaatlar ijrosini taʼminlash uchun nazoratga olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM