Shahar hokimi bozordagi holat bilan tanishdi

Bugun shahar “Dehqon” MCHJ bozorida boʻlgan shahar hokimi Gavhar Alimova bu yerdagi holat bilan yaqindan tanishdi.
Maʼlumki hozirgi sovuq ob-havo hukmron boʻlib turgan bir vaqtda aholining bozordan foydalanishlari uchun qulayliklar yaratilishi lozim.

Shahar hokimi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navolari bilan tanishish asnosida bozorga kelib ketuvchilar hamda bu yerda savdo qilayotgan fuqarolar uchun ham yetarli sharoitlar yaratilishi lozimligini alohida taʼkidladi. Bozor maʼmuriyatiga xaridor va sotuvchilar uchun imkoniyatlardan kelib chiqqan holda zarur qulayliklar yaratilishi boʻyicha koʻrsatmalarini berdi. 

Shuningdek, bugun shahar hokimi shahrimizdagi 6 umumtaʼlim maktabida ham boʻldi va maktabdagi isitish tizimini, sinf xonalarini koʻzdan kechirdi.  

Maʼlumot oʻrnida: Bugungi kunda shahrimizdagi 18 ta umumtaʼlim maktablarining 13 tasida dars jarayonlari ketmoqda.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM