Aholi muammolari o’rganilmoqda

Image_tadbir: 

Kattaqo‘rg‘on shahar DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari F.G’aniyev, Kattaqo’rg’on shahar Xalq qabulxonasi va sektorga biriktirilgan ishchi guruh a'zolari ishtirokida bugun 4-sektor hududidagi “Zomin” mahallasida uyma-uy yurish orqali xonadonlarda aholining qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha suhbatlar o‘tkazib, mavjud muammolarni o’rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlarini isitilishi, qishga tayyorgarligi, muammolari, is gazidan zaharlanishning oldini olish va boshqa masalalar o‘rganilmoqda.

O‘rganish davomida ko’chadagi gaz quvurida gaz chiqishi muammosi aniqlanib, mas’ul tashkilot vakillari tomonidan joyida bartaraf etildi.  

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM