QALBIMIZDA MANGU YASHAYSIZ!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22-noyabrdagi F-4 sonli farmoyishi hamda "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning xotirasini yod etish, ularning oila a`zolariga yuksak ehtrom hamda moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish maqsadida Kattaqo`rg`on garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari va shahar hokimligi vakillari  hamshahrimiz U. Barnoyevni xonadonida bo’ldilar.

Mamlakatimizning suvereniteti, hududiy yaxlitligini qo`riqlash va himoya qilishda qahramonlarcha halok bo`lgan Ulug`bek Barnoyevning onasi Sabohat ona va Abdullo otalar farzandlarining jasoratlari bilan faxrlanadilar.

Shuningdek, o'quvchi-yoshlar va qahramonning ota-onasi, harbiy ximatchilar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

Albatta, Ulug’bekdek mard va jasur  o’zbek o’glonlarining xotirasi qalblarimizda mangu yahaydi.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi Axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM