TALABAMIZ JAHON CHEMPIONI BO‘LDI!

Image_tadbir: 

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida talaba-yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma'naviy rag‘batlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu imkoniyat va imtiyozlar ularning muvaffaqiyatlariga qanot bag‘ishlamoqda.

Filialning Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti sport faoliyati yo‘nalishining 1-bosqich talabasi Mashhura Sunnatillayevaning erishayotgan yutuqlari bunga yaqqol dalildir.

Mashhura joriy yilning 24-27-noyabr kunlari Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tashabbusi bilan belbog‘li kurash bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashdi. 10 dan ortiq davlatdan sportchilar ishtirok etgan ushbu xalqaro musobaqada Mashhura 66 kg vazn toifasida 3-o‘rinni egalladi!

Talabamiz hamda uning murabbiylarini, ota-onasini ushbu natija bilan tabriklaymiz!

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM