Kattaqo‘rg‘on shahrida  korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2021 yilning 1 noyabr holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 1611 tani tashkil qilib, shundan 1517 tasi yoki 94,2 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdoda 563 ta (34,9 foizi), sanoat 309 ta (19,2 foizi), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 108 ta (6,7 foizi), qurilish  132 ta (8,2 foizi), tashish va saqlash 45 ta (2,8 foizi), axborot va aloqa 35 ta (2,2 foizi), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 37 ta (2,3 foizi), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 112 ta (7,0 foizi) va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish 270 ta (16,8 foiz) sohalariga to‘g‘ri keladi.

 

M.Muminov,      

Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM