Kattaqo‘rg‘on shahrida demografiya va mehnat bozori

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning 1 oktabr holatiga Kattaqo‘rg‘on shahri doimiy aholi soni 91,7 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 1,3 ming kishiga yoki 1,1 foizga ko‘paydi.

Shuningdek, 2021 yilning 1 oktabr holatiga Kattaqo‘rg‘on shahrida doimiy aholi sonidan erkaklar 45,8 ming kishi bo‘lib, ulushi 49,9% va ayollar 45,9 ming kishi bo‘lib, ulushi 50,1%  tashkil etgan.

Tug‘ilish darajasi. 2021 yilning yanvar-sentabr holatiga Kattaqo‘rg‘on shaharda tug‘ilganlar soni 1705 kishini tashkil qildi va 2020 yilning shu davriga (1456 kishi) nisbatan 249 taga ko‘paydi. Tug‘ilish koeffitsienti mos ravishda

25,0 promilleni tashkil qildi va 2020 yilning shu davriga (21,6 promille) nisbatan 3,4 promillega ko‘paydi. Tug‘ilish darajasining Kattaqo‘rg‘on shaharda

(21,6 dan 25,0 promille)ga ko‘payganligi kuzatildi.

Nikohlar va ajralishlar. 2021 yilning yanvar- sentabrda FHDYO organlarida 652 ta nikohlar va 97 ta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 9,6 ga nikoh (2020 yilning tegishli davrida 7,2 ga) va 2,4 ga ajralishlar (2020 yilning tegishli davrida 0,1 ga) to‘g‘ri keladi.

Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning yanvar- sentabr oylarida Kattaqo‘rg‘on shahriga ko‘chib kelganlar soni 440 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 604 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 164 kishiga (2020 yilning shu davrida minus 230 kishi) teng bo‘ldi.

   M.Mo‘minov,

  Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i

2015-2021 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM