YO`LOVCHI TASHISH SOHASIDA FAOLIYAT OLIB BORISH ISTAGIDA BO`LGAN YURIDIK SHAXSLAR DIQQATIGA! OCHIQ TENDER TANLOVIGA MARHAMAT!

2021-yil 9-noyabr kuni Samarqand viloyatida avtotransport sohasida quyidagi shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun quyidagi yo`nalishlarga takroriy Ochiq tender tanlovi o‘tkaziladi:

Ochiq tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, soliq organlari hisobida turuvchi, avtomobil transportida tegishli ravishda shahar, shahar atrofida, shaharlararo yo‘lovchi tashishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga hamda tender takliflarida tavsiya etilayotgan har bir taranport vositasi uchun litsenziya varaqalariga ega bo‘lgan har qanday yuridik shaxs qatnashishi mumkin.

Tender qatnashchisi aynan bitta avtotransport vositasini har xil yo‘nalishlarga tavsiya etishga haqli emas.

Tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan yoxud mulkiga qulf solingan talabgorlarning tenderda qatnashishiga yo‘l qo`yilmaydi.

Ishtirokchi tender takliflari shaklini to‘ldirishda, o‘z takliflaridagi baho mezonlariga aloqasi bo‘lmagan ma’lumotlarni qo‘shmasdan, faqat so‘ralayotgan baho mezonlari bo‘yicha to‘la va mukammal axborot taqdim etishga majbur.

Da’vogar taqdim etayotgan tender takliflari u tomondan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Yo‘nalishlarda yo‘lovchilar transporti xizmati ko‘rsatish yuzasidan tender g‘olibi bilan shartnoma kamida 1 yil muddatga tuziladi. Shartnoma bo‘yicha ishlarning barcha shartlariga tashuvchi tomonidan rioya qilingan hollarda shartnomaning amal qilish muddati o‘zaytirilishi mumkin.

Tender tashkilotchisi - Shahar/shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi.

Ochiq tenderda ishtirok etishni xohlovchilar Komissiyaga tender hujjatlari paketlarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 23402000300100001010 hisob raqami, shaxsiy g‘azna hisob raqamiga 4014108604262773422967279 (Bank kodi: 00014, INN: 201122919) ga 1 ta paket uchun 50 000 (ellik ming) so‘m, 2 ta paket uchun 75 000 (yetmish besh ming) so‘m va undan ortiq paket olishni istasa, har bir paketi uchun 25 000 (yigirma besh ming) so‘mdan o‘tkazib, 2021-yil 4-noyabr kuni soat 17-00 gacha buyurtma berishlari hamda tender hujjatlari paketlari olishlari lozim. (Ishonchnoma va to‘lov topshiriqnoma taqdim etilishi shart).

Talabgor tenderda qatnashishdan bosh tortganda, u tomonidan olingan tender hujjatlari paketi uchun to‘langan haq qaytarib berilmaydi.

Tender takliflari 2021-yil 8- noyabr soat 17-00 gacha qabul qilinadi.

Komissiyaning ishchi guruhi manzili: Samarqand shahri, A.Temur ko‘chasi, 69 uy, Samarqand viloyati transport boshqarmasi binosi.

Murojaat uchun telefonlar: 233-71-12, 233-31-38, 71-202-05-00 (231).

Eslatma: Ushbu ochiq tender tanlovi 2021-yil 30-sentabr kuni bo`lib o`tgan tenderda yo`nalishlar paketiga talabgor uchun raqobatchi bo`lmaganligi sababli O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi “Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi ijrosini ta`minlash maqsadida qayta o`tkazilmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM