Mahalla-oila -maktab hamkorligi

 Bugun shahrimizdagi 2 - umumta’lim maktabida yoshlar bilan ishlashda mahalla-oila-maktab hamkorligi  masalasiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.  Shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov ishtirokida bo‘lib o‘tgan ushbu yig‘ilishda  shahar IIB XPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor Zamira Axatova, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari hamda maktablarning ma’naviyat ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va psixologlari qatnashdilar.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim-tarbiya olishlari borasidagi ishlarni  tashkil etishda mahalla, oila va maktab hamkorligi muhim ekanligini, bu borada mas’ullar tegishli chora-tadbirlar asosida  ish olib borishlari lozimligini ta’kidladilar.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Хокимият города Каттакургана. Разработан в: SAKTRM