MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar, Farobiy koʻchasida Narpay kanalidan oʻtish koʻprigi yonidagi holat boʻyicha fotomurojaat tarqaldi. 
Mazkur murojaat yuzasidan shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi A.Alimovning maʼlum qilishicha, joyida olib borilgan oʻrganish natijasida "Bahoriston" mahallasida yashovchi 1988 yilda tugʻilgan fuqaro R.O. tomonidan Farobiy koʻchasining belgilanmagan joyiga chiqindilar tashlanganligi aniqlangan. Ushbu fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli bandi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaro jarimaga tortilgan. 
Koʻrsatilgan joydagi chiqindilar shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan olib chiqilib, muammo bartaraf qilindi. 

 P.S. Yashab turgan shahrimiz, mahallamiz, ko'chamiz o'zimizniki. Shunday ekan, ularning obodligi, ozodaligiga har birimiz mas'ul ekanligimizni unutmasligimiz, atrof-muhit tozaligiga befarq bo'lmasligimiz lozim.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Хокимият города Каттакургана. Разработан в: SAKTRM