
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 11- martdagi 86-7-106-Q\23-sonli qaroriga asosan “Kattaqo‘rg‘on shahrida hududiy FVDqT xizmatlari, iqtisodiyot ob’ektlari, korxona, tashkilotlar kuch va vositalari jangovor shayligini o‘rganish haqida”gi qaroriga asosan, bugun “Yig‘in” signali bilan komanda tarkibi bir joyga jamlandi.
Tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi Ishlarni mexanizatsiyalash yig‘ma komandasiga jalb etilgan shahar hududidagi 17 ta tashkilotlarning 30 ta turli rusumdagi maxsus va muhandislik texnikalari hamda 80 nafar shaxsiy tarkibi, shahar fuqaro muhofazasi hududiy yig‘ma komandasining kuch va vositalari shayligi “Yig‘in” signali berish orqali, ularni belgilangan joyga yetib kelishlari va tayyorgarligi hamda yig‘ma komandaning fuqaro muhofazasi tuzilmalari va ular tuziladigan tashkilotlarni belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 2-ilovasi (Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining na’munaviy tashkiliy-shtat strukturasi)ga muvofiq kuch va vositalar bilan jamlanganligi o‘rganildi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda Kattaqo‘rg‘on shahar fuqaro muhofazasi hududiy yig‘ma komandasi kuch va vositalari shahar hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.