Senator ko‘kgumbazliklar huzurida

Image_tadbir: 

Oliy Majlis Senati a’zosi, tumanimizdan viloyat kengashi deputatligiga saylangan Gavhar Alimova Ko‘kgumbaz va Qang‘li mahallalarida aholi bilan sayyor muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyati yuzasidan so‘z yuritildi. Senator G.Alimova islohotlar zamirida inson qadrini ulug‘lash g‘oyasi turganini ta’kidladi.

Sayyor qabulda saylovchilar hududdan saylangan deputat va senatorga muammo va takliflari yuzasidan murojaat etishdi.

 

2015-2024 © Хокимият города Каттакургана. Разработан в: SAKTRM