Kattaqo’rg’on shahrida qoʻmondonlik oʻquv mashgʻulotlari boshlandi

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida hududiy FVDqT xizmatlari, iqtisodiyot ob’ektlari, korxona, tashkilotlar kuch va vositalari jangovor shayligini o‘rganish maqsadida “Yig‘in” signali asosida tegishli tashkilot va korxonalarining 23 ta texnika va 70 nafar shaxsiy tarkib Kattaqo‘rg‘on shahar “Damariq” MFY Amir Temur ko‘chasidagi shahar hokimligi avtoturargohiga saflandi.

Fuqaro muhofazasi hududiy yig‘ma komandasi kuch va vositalarining doimiy shayligini hamda tayyorgarligi ta’minlash maqsadida, “Chiqish kanali”ning qayta rekonstruksiya qilinayotgan ko‘prigida hamkor tashkilotlar bilan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari olib borildi. 

 Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.                                        

2015-2024 © GOVERNMENT OF KATTAKURGON CITY. Maked by: SAKTRM