MAHALLA RAISLARI ISHTIROKIDA SEMINAR O’TKAZILDI

Каttaqo'rg'on shahar hokimligida mahalla raislari ishtirokida seminar o’tkazildi. Unda viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, shahar hokimi G.Alimova ishtirok etdi.

Seminarda so’z olgan shahar hokimi G.Alimova mahalla tizimida amalga oshirilgan islohotlar va ularning aholi turmush sharoitini yaxshilashdagi ahamiyati haqida gapirdi.

Shundan soʻng soʻzga chiqqan boshqarma boshligʻi mahallalar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida “Mahalla” elektron maʼlumotlar platformasi yaratilganligi, mahalla raislarining ish samaradorligini onlayn va tezkor amalga oshirilishiga xizmat qiladigan ushbu ishlarini jadallashtirish ahamiyati va natijadorligi toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

Seminar davomida turli taqdimotlar o‘tkazildi, unda mahalla raislari faoliyatini muvofiqlashtirishda axborot tizimining hozirgi holati, raqamli yozuvlarning tavsiflari, ularni boshqarish jarayonlari, raqamli hujjatlarni saqlash va kelgusi yillarga mo‘ljallangan rejalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © GOVERNMENT OF KATTAKURGON CITY. Maked by: SAKTRM